06:49 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
168 0 0

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaktsinaning asosiy vositasiga allergiya boʻlsa va bolalarda baʼzi nevrologik kasalliklarni zoʻrayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva qaysi holatlarda emlash mumkin emasligi xususida maʼlumot berdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, COVID-19 dan tuzalgan bemorlar grippga qarshi emlanishi mumkin. Chunki grippga qarshi vaktsina bir yillik vaktsina boʻlib, u har ili uchrashi mumkin boʻlgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaktsina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi.

“U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarini kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan maʼlum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini taʼminlab beradi”, - dedi shtab aʼzosi.

Sevara Ubaydullayeva kimlarni emlash mumkin emasligiga borasida ham toʻxtalib oʻtdi.

Unga koʻra:

  • ortirilgan immun tanqis holatlar, yaʼni OITS kasalligini turli bosqichlarida;
  • vaktsina tarkibidagi adʼyuvanti, yaʼni vaktsina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qoʻshimchalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida oʻzgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarni zoʻrayib borishi davri.

“Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori koʻtarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini koʻtarilishi yoki tushishi, kuchli ogʻriq sindromida va hokazolar oʻtib ketganidan keyin shifokor koʻruvidan oʻtib sogʻlom deb tashxis qoʻyilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak”, - dedi u.

Mavzu boʻyicha

Shifokor: emlash kunida spirtli ichimliklar isteʼmoli mumkin emas
Rossiyada COVID-19 vaktsinasi tayyor. Emlash ishlari medik va oʻqituvchilardan boshlanadi
Qanday hollarda emlash mumkin emas - Jemchugov
Koronavirus yuqtirmaslik boʻyicha muhim tavsiyalar
Moskvada koronavirusga qarshi emlash boshlandi
Rossiya SSV koronavirusni davolash boʻyicha tavsiyalar berdi
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasi ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilindi
Teglar:
emlash, koronavirus, vaktsina, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular