12:55 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
87 0 0

Maktab faoliyati tiklanmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi esa "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanmoqda.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekiston boʻyicha anʼanaviy taʼlim jarayonlari boshlangan maktablar soni 4 379 taga yetdi, deb xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hududlardagi epidemiologik vaziyat, taʼlim dargohi va sogʻliqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqqan holda 21 sentyabrdan boshlab respublika boʻyicha jami 4 379 ta (43,9 foiz) maktab toʻlaqonli ravishda ishlamoqda.

Mazkur maktablarda 2,1 million nafar (34 foiz) oʻquvchi tahsil olayotgan boʻlib, ulardan 1,5 million nafari (72 foiz) anʼanaviy, qolgan 595 ming nafari (28 foiz) onlayn shaklda taʼlim olmoqda.

Maktab faoliyati tiklanmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi esa "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanmoqda.

Denovda ochilgan 9 ta maktab yana faoliyatini toʻxtatdi >>>

Avvalroq Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi 14 sentyabrdan boshlab 139 ta maktab oʻz faoliyatini anʼanaviy shaklda boshlagani toʻgʻrisida xabar bergandi. Darslar boshlanganidan bir kun oʻtib, yaʼni 15 sentyabr kuni Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda anʼanaviy oʻquv jarayoni koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyat barqaror boʻlgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatilgandi. Oradan ikki kun oʻtib tumandagi yana bir maktabda anʼanaviy oʻquv jarayoni vaqtincha toʻxtatildi.

Keyinroq Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi 2020 yil 21 sentyabrda faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlaydigan maktablar roʻyxatini keltiridi. Fargʻonada 162 ta, Samarqandda esa 38 ta maktabda anʼanaviy darslar boshlangan.

Asosiy mavzular