12:56 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
220 0 0

Paxtani qoʻlda terish necha pul? Shartnoma kim bilan imzolanadi? Majburiy mehnatga yoʻl qoʻyiladimi? Mehnat vazirligi vakili paxta terimi mavsumida har yili koʻplab muhokamalarga sabab boʻlayotgan eng muhim savollarga javob berdi.

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda paxta terimi mavsumi boshlanmoqda. Kecha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulrux Niyozmetova ishtirokida ushbu dolzarb mavzuga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi. Unda bir qator muhim masalalar yoritildi.

Shartnoma va maosh

Paxta davrida yollanma terimchilar hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki fermer xoʻjaligi oʻrtasida fuqarolik huquqiy shartnoma tuziladi. Paxta toʻqimachilik klasterlari yoki fermer xoʻjaligida doimiy ishlab kelayotgan ishchilar bilan ham paxta terish boʻyicha qoʻshimcha mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Shartnomada mehnat sharoitlari va ish haqi aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart.

Oʻzbekistonda paxtani qoʻlda terish uchun eng kam maosh qonun tomonidan belgilangan. 

Xususan, yollanma terimchilarga terim uchun pullar paxtaning kilogrammi uchun 1-terimda 1000 soʻmdan, 2-terimda 1400 soʻmdan kam boʻlmasligi kerak. Ushbu narxlar shartnomada belgilanadi. 

Undan tashqari, qoʻyidagi hududlarda terilgan har bir kilogram paxta uchun Davlat byudjeti hisobidan qoʻshimcha 200 soʻm ustama toʻlanadi:  Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida.

Terimchilarning oylik maoshlari har 5 kunda (dam olish kunlaridan qatʼiy nazar), zarurat boʻlganda har kuni dalaning oʻzida tarqatiladi.   

Majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tmonidan 2020 yilning sentyabr oyi boshlanishiga qadar “Majburiy mehnatdan ogoh boʻling!” nomli uslubiy qoʻllanmalar respublikaning barcha mahalla xodimlariga tarqatilgan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – maxalla fuqarolar yigʻini xodimlarining majburiy mehnat toʻgʻrisidagi habardorligini oshirishdir.

Albatta ishsiz fuqarolar qoʻshimcha daromad topish maqsadida oʻz xohishlariga koʻra paxta terishga jalb qilinishi mumkin. Bunda ularga barcha mehnat sharoitlari va maosh toʻlanadi.

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ham ishdan boʻsh vaqtlarida, yaʼni shanba va yakshanba kunlari qoʻshimcha daromad topish maqsadida faqatgina oʻz hoxishlariga koʻra paxta terimida ishtirok etishlari mumkin.

Asosiy mavzular