O‘zbekistonda Koreya uslubida Onkologiya markazi tashkil qilinadi

© Natsionalnaya palataPeregovori Natsionalnoy palati i Yujnokoreyskogo professora Choy
Peregovori Natsionalnoy palati i Yujnokoreyskogo professora Choy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya modeliga asoslangan tibbiyot klasterini yaratish haqida muzokaralar olib bormoqda.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekistonda Koreya uslubida tibbiy klasterlar yaratilishi mumkin. Ushbu masala Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasida Koryo universiteti Tibbiyot markazi professori doktor Choy Djae Vuk bilan muhokama qilindi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Doktor Choyning O‘zbekistonda muhim vazifasi mavjud: u Koreya modeli asosida Milliy onkologik markaz tuzish loyihasi menejeri.

"Koreys modeli bo‘yicha tibbiyot majmuasini tashkil etish rejasiga, shuningdek kattalar uchun Ko‘p tarmoqli shifoxona, yangi tibbiyot OTM, yotoqxona tashkil etish ham kiradi. Undan tashqari, u yerda kelajakda tibbiyot sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan, yangi dori vositalari yaratadigan "Tadqiqotlar va ishlab chiqarish markazi" ham bo‘lishi kerak. Bularning barchasi, birgalikda "Tibbiyot majmuasi" tushunchasini tashkil etadi", — deya ta’kidladi uchrashuv davomida doktor Choy Djae Vuk.

Doktor Choy tomonidan taklif qilingan loyihalar Milliy palata tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Tomonlar Koreya modeliga asosan Tibbiyot majmuasini tuzish loyihasi Bosh rejasini yaratish maqsadida Memorandum imzolash haqida kelishuvga erishdilar. 

Shuningdek ikkala tomon ham mutaxassislarning yangi avlodini o‘qitish kerakligini ta’kidlashdi. Mahalliy tajriba, Koreya onkologiya modeli prinsiplariga nafaqat shifokorlarni, balki o‘rta tibbiyot xodimlarini ham o‘qitish kerakligi ta’kidlandi.

Ma’lumki, Koreya ko‘magida Toshkentda Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi qurib bitkazilgan. U bo‘lajak onkologik markazi va boshqa obyektlar bilan birga tibbiyot klasterining asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0