23:05 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
176012

Ozodbek Nazarbekov xonandaning hali qiladigan ishlari, yaratadigan ijodlari, yoshlarga oʻrnak boʻladigan faoliyati, ochilmagan qirralari koʻp boʻlganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Shuhrat Qayumovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Vazirning soʻzlariga qaraganda, artistning vafot kutilmagan va ogʻir judolik boʻlgan.

“Kutilmagan va ogʻir judolik. Biz bugun ajoyib inson, isteʼdodli, serqirra ijodkor, aqlli, teran fikrlovchi, mulohazakor doʻstimiz, yaqinimizni yoʻqotdik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Shuhrat Qayumovning vafoti ham biz uchun kutilmagan va ogʻir judoliklardan biri boʻldi”, - deya yozgan Nazarbekov Instagram᾽dagi sahifasida.

U bunday madaniyatli insonlar hamisha oilasiga, kasbiga, vatani va xalqiga, yaqinlariga sadoqat timsoli ekanini taʼkidlagan.

“Ha, Shuhrat Qayumovning hali qiladigan ishlari, yaratadigan ijodlari, yoshlarga oʻrnak boʻladigan faoliyati, ochilmagan qirralari koʻp edi. Lekin, ming afsuski, ayni paytda uning oilasiga, yaqinlariga, hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirishdan oʻzga choramiz yoʻq. Ilohim, doʻstimizning oxirati obod, joylari jannatdan boʻlsin!”, - deya soʻzlariga yakun yasagan madaniyat vaziri.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Shuhrat Qayumov 51 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular