O‘zbekistonda koronavirus: 22-sentabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova
Gospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 685 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
“Budjetchilar”ga ayrim to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib turish muddati uzaytirildi

Bir sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 685 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 461 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 49 067 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 176 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 442 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Migrantlarga imtiyoz

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 2020-yil 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi.

Bu vaqt oralig‘ida fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Ipoteka kreditini olish yanada soddalashtiriladi

Abu-Dabi-Toshkent

BAAning “Air Arabia Abu Dhabi LLC” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Airbus-320-214  havo kemalarida  parvozlar Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 31,3 milliondan oshdi, 965 ming kishi vafot etdi, 21,5 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (6,9 mln), Hindistonda (5,6 mln), Braziliyada (4,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0