18:44 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
104 0 0

Raqamli texnologiyalarni qoʻllash natijasida davlat muassasalarining samaradorligini oshirish hamda korxonalarda ulkan mablagʻlar tejab qolishinishi rejalashtirilgan. 

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda barcha viloyat va tuman rahbarlari, vazirliklar hamda yirik korxonalarga iqtisodni raqamlashtirishga jiddiy kirishishni topshirdi

"Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish boʻlmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni oʻziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur oʻrganishi kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shugʻullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yoʻlga qoʻyilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija koʻrsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi, deyilgan xabarda.

Prezident, avvalo aholi eng koʻp toʻqnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirishni taʼkidladi. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda ishchi guruhlar tomonidan 530ta hududiy va 280ta tarmoq loyihalari tayyorlandi. Xususan, yil yakuniga qadar 14ta va kelgusi yilda yana 14ta tumanda sogʻliqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xoʻjaligi va taʼlim yoʻnalishlarini raqamlashtirish boʻyicha 239 ta loyiha amalga oshiriladi.

Tibbiyot tizimida “Elektron poliklinika”, maktablarda “elektron kundalik”, “elektron darslik”, “oʻqituvchilarni baholash” tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. 

Undan tashqari, yirik neft va gaz korxonalari, tabiat resurslaridan foydalanish korxonalari hamda avtomobil zavodlarida ham raqamli texnologiyalarni qoʻllash natijasida bir necha million dollar tejash rejalashtirilgan. 

Eslatib oʻtamiz, 28 aprelda prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, 2020 yil Oʻzbekistonda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilingan edi.

 

 

Asosiy mavzular