O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 53 mingdan oshdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMoskvichi s 16-iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19
Moskvichi s 16-iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 194 kishiga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yildi. Ulardan 101 nafari Toshkent shahridan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 194 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami kasallangan soni 53 051 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga immunitet hosil qiluvchi kasallik aytildi

Yangi kasallanganlarning 101 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 443 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 49 224 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.  Hozirda mamlakatda 3 384 nafar davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0