14:04 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
99 0 0

Identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi. Fuqarolarning biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar belgilandi:

- biometrik pasport oʻrniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;

- fuqaro oʻz ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yoʻqotib qoʻygan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi;

- yangi tugʻilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tugʻilishi FHDYO organi tomonidan qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan soʻng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga koʻra rasmiylashtiriladi.

S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы

Farmonga koʻra identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi. Murojaat oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan kelib tushganda masʼul xodim tomonidan 15 kunda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

Fuqarolarning biometrik pasportlari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:

  • birinchi bosqichda 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra;
  • ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolarning biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Asosiy mavzular