Vrach soch to‘kilishini oldini oladigan mahsulotlarni ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Buyuk britaniyalik parhezshunos Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Parhezshunos Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi. Express xabariga asosan.

Blyuda na shvedskom stole - Sputnik O‘zbekiston
Zararli nonushta: vrach eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, avakado ayniqsa foydalidir. Mutaxassis ta’kidlashicha, uning tarkibida himoya qiladigan E vitamini mavjud bo‘lib, bir dona meva kunlik miqdorning 20 foizini o‘z ichiga oladi.

Soch to‘kilishining oldini olish uchun ratsionga batatni qo‘shishni maslahat berdi. Bu sabzavot beta-karotinning muhim manbai bo‘lib, soch o‘sishini tezlashtirish imkoniyatiga ega.

"Kerakli ozuqaviy moddalar bilan muvozanatli ovqatlanish sochlarning o‘sishiga yordam beradi, ayniqsa sochlar yomon ovqatlanish tufayli to‘kilish holatida", - deb xulosa qildi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0