22:16 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
123 0 0

Bundan buyon IMEI kodlar faqat sim karta egasi nomiga roʻyxatga olinadi. Ushbu chora uchinchi shaxslar pasportiga telefon kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni oldini olishga qaratilgan. 

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. UZIMEI tizimi operatori uyali avloqa telefonlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oʻzgartirish kiritdi. 

Bundan buyon IMEI kodni roʻyxatdan oʻtkazgandan telefon raqami ariza bergan kishining nomida boʻlishi kerak. Ushbu chora uchinchi shaxslar pasportiga telefon kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni oldini olishga qaratilgan. 

Ayni damda mobil telefonlar IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazishning quyidagi uslublari mavjud:

  • Uyali operator sahifasida;
  • 1170 raqamiga SMS yuborish orqali;
  • *1170# - USSD-zapros orqali;
  • Davlat xizmatlari yagona portali orqali;
  • UZIMEI operatorlari orqali;
  • pochta orqali. 

Shunisi muhimki: SIM-kartalar almasshsa ham IMEI-kodlar bir marotaba roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Bojxona qoʻmitasi va IIV mobil qurilmalarning IMEI-kodlari begona shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgani holatlari aniqlanganini va ushbu holat yuzasidan tergov olib borilayotganini xabar qilgan edi. 

 

Asosiy mavzular