22:19 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
90 0 0

Xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik taʼsirida qotillik, badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir, deya xabar qilgan viloyat IIB

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Samarqand viloyatida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan ogʻir jinoyatlar soni kamaymayapti. Oʻtgan 8 oy davomida viloyat xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Mahallalarda oilalarga kirilib yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar oʻrganilmayotganligi natijasida, xotin-qizlar tomonidan spirtli ichimlik taʼsirida qotillik, badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, ayniqsa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarga barham berilmayotganligi tashvishli xoldir. Tahlillarga koʻra, joriy yilning 8 oyi davomida viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan 183 ta jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, ushbu jinoyatlarda 198 nafar xotin-qizlar ishtirok etgan", - deyiladi xabarda.

Oʻtgan 8 oy davomida 86 nafar xotin-qizlar jinoyatdan jabrlangan.

Oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, tazyiq va zoʻravonlik sodir etish ehtimoli mavjud shaxslar bilan profilaktik tadbirlar samarasiz tashkil etilayotgani sababli koʻplab xotin-qizlar tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlgani kuzatilgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida 254 ta holatda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. 

Shuningdek, jinoyat sodir etish hamda jinoyat qurboni boʻlishi ehtimoli boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatlari rasmiyatchilik uchun shakllantirilib, ushbu toifadagi shaxslar bilan individual tarzda ishlar tashkil etilmaganligi oqibatida ushbu toifadagi xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etilishi, jinoyat qurboni boʻlib qolish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda.

Xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi, tazyiq va zoʻravonlik, sharʼiy nikoh va erta turmushlarning oldini olish shuningdek maqsadida 20 sentyabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar viloyat miqyosida "Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi" maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilishi belgilanmoqda.

Oylik davomida, jinoyat sodir etish va jinoyat qurboni boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan, shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning roʻyxati sektorlar va mahallalar kesimida qaytadan shakllantirilmoqda.

Asosiy mavzular