14:13 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
221 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida respublika boʻyicha eng koʻp nikoh 5035 ta qayd bilan Fargʻona viloyatida kuzatildi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Joriy yilning avgust oyida respublika boʻyicha eng koʻp nikoh 5035 ta qayd bilan Fargʻona viloyatida kuzatildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning 8 oyida respublika boʻyicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.

Joriy yilning 8 oyida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni boʻyicha Fargʻona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori oʻrinni egallagan.

Respublika boʻyicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.

Asosiy mavzular