17:52 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
117 0 0

“Paxtakor” bugun Qatarda Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida Eronning “Shahr Xodro” jamoasiga qarshi bosh murabbiysiz maydonga tushadi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladzeda kecha oʻtkazilgan test natijasi musbat chiqdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarda yozilishicha, jamoalar Qatarga yetib kelgandan buyon har oʻyindan avval koronavirus infektsiyasiga test topshirib kelmoqda. Shu kungacha “Paxtakor” futbol klubi delegatsiyasi aʼzolari 4 marta test topshirgan.

“Kecha oʻtkazilgan testda bosh murabbiy Shota Arveladzeda virus borligi aniqlandi. Shu sababli u OFK protokoliga mos tarzda izolyatsiyaga olindi”, - deyilgan xabarda.

Qatarga yetib kelgan delegatsiya vakillari va futbolchilarda virus aniqlanmagan.

“Paxtakor” 23 sentyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida Eronning “Shahr Xodro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichining hal qiluvchi oʻyinini ular bosh murabbiysiz oʻtkazishga majbur.

5-tur natijalariga koʻra, "Paxtakor" oʻz guruhida 8 ochko jamlagan holda 2-oʻrinda bormoqda.

Asosiy mavzular