19:03 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
81 0 0

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi.

Prezident ushbu tashabbusni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ilgari surdi.

“Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini taʼminlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir. Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning oʻz fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”, - dedi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular