22:08 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
122 0 0

AQShdagi birinchi oʻzbek maktabining ochilishida Nyu-Yorkdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. AQShning Nyu-York shahri Bruklin mavzesida (AQSH) “Ziyo Art” oʻzbek maktabi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV. 

16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzili boʻyicha joylashgan maktabning rasmiy ochilish marosimi 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilgan.

AQShdagi birinchi oʻzbek maktabida darslar shanba va yakshanba kunlari oʻzbek tilida quyidagi fanlar boʻyicha olib boriladi: “Oʻzbek tili va adabiyoti”, “Odobnoma”, “Tasviriy sanʼat”, “Shaxmat” va “Matematika”.

Oʻquv jarayonida Oʻzbekistondan olib kelingan darsliklardan foydalaniladi. Darslar tanlov asosida ishga qarbul qilingan malakali oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi. 

Ochilish marosimida Nyu-Yorkdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Oʻzbekiston Hukumati nomidan maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi.

Aytish joizki, dunyoning yirik shaharlarida shanba va yakshanba kunlari ishlaydigan xorijiy tilli maktablar odatiy hol. Ushbu maktablarda asosan xorijiy ekspatlarning farzandlari qoʻshimcha taʼlim oladi. Oʻzbek maktablari hozircha faqat AQSH va Avstraliyada bor.

 

Asosiy mavzular