22:09 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
96021

Nurmat Otabekovning soʻzlariga koʻra, agar kelgusida ham fuqarolar epidemik vaziyatning murakkablashishiga sababchi boʻlaversa, qatʼiy karantin choralarini ham tatbiq etishi mumkin.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat murakkablashsa, ogʻirlashib borsa, yana karantin choralari qaytarilishi mumkin. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda oʻtkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda karantin choralarini kuchaytirish uchun jiddiy sabablarni koʻrmayapti. Ammo soʻnggi vaqtda mamlakatda har kuni koronavirus bilan kasallanish bilan bogʻliq 600 dan koʻproq holat qayd etilmoqda.

“U karantin tadbirlarining yumshatilishi, epidemik barqaror boʻlmagan hududlardan vatandoshlarimizning kelishi, shu bilan birga odamlarimizning karantin bekor qilinmagan, balki yumshatilganini unutib, oʻzlari xohlagandek yurgani bilan bogʻliq. Respublikamiz aholisi ham muayyan oddiy majburiyatlarga rioya qilishi kerak. Agar biz kelgusida ham epidemik vaziyatning murakkablashishiga sababchi boʻlaversak, hukumat bir qator cheklov tadbirlari, jumladan, shu vaqtgacha 2 marta qilinganidek, qatʼiy karantin choralarini ham tatbiq etishi mumkin”, - dedi u.

Otabekov hammasi fuqarolarning oʻziga bogʻliqligini unutmaslik kerakligini taʼkidladi.

U niqoblarni talab darajasida taqish, jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash, antiseptiklardan foydalanish hamda qoʻllarni tez-tez yuvish kerakligini eslatdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Otabekov Oʻzbekistonda 15 oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilishi xususidagi mish-mishlarga izoh bergan edi. Karantinning kuchaytirilishi va yumshatilishi fuqarolarning xatti-harakatlariga bogʻliqligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular