06:27 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
247 0 0

Rossiya universitetlarida qoʻshni davlatlar va Boltiqboʻyi davlatlari abituriyentlariga bepul joylarni taqdim etish formati isloh qilinishi zarur, deb hisoblaydi Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov.

RF Davlat dumasi deputati Yevgeniy Primakov shu yilning iyun oyi oxirida Rossotrudnichestvo rahbari etib tayinlandi. U darhol Rossiya agentligi faoliyatida katta oʻzgarishlarni vaʼda qildi. Rossotrudnichestvoning yangi rahbari ogʻriqli mavzulardan biri sifatida Rossiya universitetlarida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish uchun kvotalar ajratish tizimini belgiladi.

“Kvotalar soni koʻpayadi - prezident (RF yetakchisi Vladimir Putin - tahr.) ularning soni oshishini aytgandi. 2023 yilga kelib kvotalar soni ikki baravar koʻpayishi kerak. Ammo Duma va Taʼlim va fan vazirligidagi hamkasblar bilan muhokama qilmoqdamiz, kvotalar bilan bogʻliq holat juda ham samarali emas”, - dedi Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov Sputnik muxbiriga.

U misol tariqasida Belarusni keltirdi, respublika uchun universitetlarda koʻp byudjet oʻrinlari ajratilgan, ammo Rossiyaga "Polsha bilan raqobatlashish mushkul".

“Polshaliklar nafaqat oʻqishga imkoniyat beradi, balki talabalar uchun stipendiyalar, grantlar ajratiladi. Agar biz oʻsmirlarga faqat kelib, oʻqishni taklif qilsak, raqobatlashish qiyin. Biz bu kvotalarning hech boʻlmaganda bir qismida grand va stipendiyalar paydo boʻlishi uchun tizimni takomillashtirishimiz kerak. Kelinglar va oʻqinglar emas, balki - mana uchish uchun chipta, bu uy yoki yotoqxona uchun toʻlash imkoniyati", - dedi Primakov.

Rossotrudnichestvo Rossiyaga kelganda chet ellik talabalar, ular oʻqiyotgan sohada yuqori malakali mutaxassis boʻlib yetishidan manfaatdor. Tahsil olgandan soʻng, ular uylariga qaytib, oʻzlari uchun muhim boʻlgan lavozimlarni egallaydilar, yaxshi ish topadilar, deb taʼkidladi agentlik rahbari. Biroq, amaldagi tizimga binoan koʻp holarda bu rejalar roʻyobga chiqmay qoladi.

"Rossiyaga kelgan yigitlar, ogʻir ahvolga tushib qolishadi, ular dvornik, taksi haydovchisi sifatida ishlash uchun chiqishadi. Bu byudjet mablagʻlarimiz bu yigitlarning oʻqitishga sarflanishi nuqtai nazaridan ham notoʻgʻri", - deb tushuntirdi Rossotrudnichestvo rahbari.

Hozircha kvotalarni ajratish tizimini isloh qilish boʻyicha aniq rejalar yoʻq, deb qoʻshimcha qildi, “rejalar - aniq yoki ravshanroq tuzilgan”, muammo faqat muhokama qilinmoqda. Biroq, islohotsiz ilojisi yoʻq, deb ishonadi Yevgeniy Primakov.

2020 yil boshida Davlat Dumasida xorijlik talabalar uchun kvotalarni 15 mingdan 30 minggacha byudjet joylarini oshirish masalasi keng muhokama qilingandi. Oʻshanda Dumaning MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisi Leonid Kalashnikov 15 ming Rossiyaning xalqaro roli va gumanitar kuchiga mos emas, deb aytdi. Shuningdek, u Polsha va Ruminiyani misol sifatida koʻrsatdi, Polsha Belarus fuqarolari uchun 10 ming byudjet joyini ajratadi, Ruminiya esa har yili Moldovaning 5 ming fuqarosini bepul oʻqitadi. Shu bilan birga, Rossiyada oʻqish uchun chet elliklarning murojaatlari soni 100 mingga yaqinlashdi. Natijada, Taʼlim va fan vazirligi chet ellik talabalar uchun kvotalar sonini 30 ming kishiga etkazishni rejalashtirmoqda. Shu vaqtda Rossiyada oʻqish uchun chet elliklarning murojaatlarining soni 100 mingga yaqinlashdi. Natijada Taʼlim va fan vazirligi kvotalar sonini 30 ming kishiga yetkazish rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular