13:28 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
233 0 0

Tadbirkorlik rivojlanishi qoniqarsiz deb topilgan tumanlarga istagan kishi rahbarlikka daʼvo qilishi mumkin. Buning uchun u hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilib, xalq vakillarini ishontirishi kerak.

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 24 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Respublika tuman va shaharlaridagi tadbirkorlik muhiti muhokama qilindi.

Xususan, Oʻzbekistonda ilk bor tuman va shaharlardagi iqtisodiy koʻrsatkichlar, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi oʻrganildi. Tahlillar asosida har bir tumanga tadbirkorlik rivoji holati “yaxshi”, “oʻrta” va “qoniqarsiz” deb bho berildi. Yakuniy hisobotga koʻra, 48 ta tumanda va shaharda tadbirkorlik holati “yaxshi”, 119 tasida - “oʻrta” hamda 33 tasida - “qoniqarsiz”, deb baholandi.

Tadbirkorlik koʻrsatkichlari boʻyicha eng salbiy natija Nukus, Baliqchi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzachoʻl, Yangiqoʻrgʻon, Shovot, Kasbi, Qumqoʻrgʻon, Uchtepa kabi tumanlarda aniqlangan.

Prezident ushbu tumanlar rahbarlarini keskin tanqid qilib, kelajakda tuman hokimlarini xalq saylashi tartibi joriy etilishini aytib oʻtdi. 

"Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlamaydi <...> Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz, – deya taʼkidladi Prezident.

“Qoniqarsiz” hamda “oʻrta” deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Yaʼni, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

Ushbu tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorakoʻlchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.  

Yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari maoshiga 30 % ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz boʻlgan hududlar rahbarlariga jarima qoʻllanishi aytib oʻtildi.

 

Asosiy mavzular