07:58 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
163 0 0

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Respublikasi ekologiya qoʻmitasi raisi Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich viloyatga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Namangan viloyati hokimi oʻzgardi, deb xabar qilmoqda OʻzA. 

Bugun, 25 sentyabr kuni, Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, - deyilgan xabarda.

Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov  Fargʻona viloyatiga hokim etib tayinlanishi mumkin. Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev esa boshqa ishga oʻtishi kutilmoqda. 

Asosiy mavzular