00:27 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
622 0 0

Sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 54 392 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 54 392  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 200 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 438 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 50 879 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 064 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 449 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

35 million doza vaktsina

Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) va Oʻzbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi 35 mln doza "Sputnik V" vaktsinasi yetkazib berishga kelishib olishdi. 

Oʻzbekiston vakolatli organlari vaktsinani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazganidan soʻng, 2020 yilda respublikaga 10 million doza vaktsina va 2021 yilda yana 25 million doza vaktsina yetkazib beriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 32,4 milliondan oshdi, 987 ming kishi vafot etdi, 23,9 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,2 mln), Hindistonda (5,8 mln), Braziliyada (4,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)

Asosiy mavzular