05:52 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
277 0 0

Taʼkidlanishicha, Yoʻl harakati qoidalarining oʻzbek va rus tillaridagi matnlarida ham katta tafovutlar mavjud.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvariga qadar Yoʻl harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqiladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlar mahkamasi tomonidan parlament soʻroviga binoan “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan kompleks chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan. Unda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish, tegishli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan. Bu masala boʻyicha  normativ-huquqiy hujjat loyihasini 1 oktyabrgacha ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2021 yil yanvar oyidan oʻqituvchilar malakasini oshirish dasturiga yoʻl harakati qoidalarining kiritilishi koʻzda tutilgan.

Taʼkidlanishicha, Vazirlar mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Yoʻl harakati qoidalari”ni takomillashtirish zarur. Jumladan, mazkur Qoidalardagi baʼzi bandlarning oʻrni almashtirib yuborilgani oqibatida tegishli bandlardagi havolalar mutlaqo boshqa bandlarga taalluqli boʻlib qolmoqda.

“Bundan tashqari, Qoidalarning oʻzbek va rus tillaridagi matnlarida ham katta tafovutlar mavjud. Bu masala boʻyicha yuqoridagi dasturda 2021 yil 1 yanvariga qadar Yoʻl harakati qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 2021 yilning 1 iyuniga qadar test savollarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish kutilmoqda.

1 noyabrga qadar guvohnomasini yoʻqotgan haydovchilar arizasini qabul qilish va ichki tizim orqali maʼmuriy amaliyot boʻlimidan zarur maʼlumotlarni elektron olish dasturini joriy etish nazarda tutilmoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligining yagona avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi maʼmuriy amaliyot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Asosiy mavzular