O‘zbekistonliklar hayotda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Obuna bo‘lish
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar: 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi oktabrdan kuchga kirayotgan yangi tartiblar to‘g‘risida Adliya vazirligi ma’lumot tayyorladi.

1. Tadbirkorlarga “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi.

Tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlar faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Milliy geografik axborot tizimi yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ma’lumotlari bilan tezkor ta’minlash imkonini beradi.

3. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning noqonuniy faoliyati haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

4. Budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirishda ularni cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi.

Bunda, korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, import orqali tovarlar xarid qilinishining maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga asoslab beradi.

Prodaja alkogolya - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol va tamakiga yangi aksiz markalari joriy etiladi

5. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek ularning affillangan shaxslarining va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) ta’sis etilishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:

- bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;

- davlat organlari tomonidan o‘zlariga litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan sohalarda.

6. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘liq tarzda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu tizim 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida amalga oshirib kelinmoqda.

7. Tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini tarmoqqa ulashda sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlarning xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tadbirkorlarning ko‘kragiga shamol tegadi

Mazkur mablag‘lar keyinchalik tadbirkorlar foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan 1-yil davomida undirib olinadi.

8. Respublika budjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

9. Aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda:

- 2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlari bosqichma-bosqich kamaytiriladi, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor mexanizmlari joriy etiladi;

Proizvodstvo sigaret - Sputnik O‘zbekiston
Qator tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi

- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish nazarda tutiladi.

10. Aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari o‘zgaradi

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar)ning ayrim turlariga aksiz solig‘i stavkalari oshadi.

11. 2020-yil 1-oktabrdan boshlab:

  • nodavlat ta’lim tashkiloti litsenziya olganidan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri - “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;
  • mazkur tizimda nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning litsenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo‘qligi – litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;
  • kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.

12. Ichimlik suvi xizmatlari uchun narxlar mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, mahalliy Kengashlar qarori bilan ma’qullangandan so‘ng tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0