Talabalikka tavsiya etilganlar OTMga qaysi hujjatlarni taqdim etishi zarur

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar ushbu oliygohga qator hujjatlarni taqdim etishi kerak.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar oliy ta’lim muassalariga qator hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Bu O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020-yil test sinovlari qaydnomasida belgilangan.

Hujjatlar ro‘yxati:

  • rektor nomiga ariza;
  • pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  • diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  • til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
  • 3,5x4,5 foto 12 ta;
  • hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
  • konvert A5 formatida;
  • talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
  • imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Eslatma: Karantin sharoitini inobatga olgan holda an’anaviy o‘qish boshlanishidan oldin OTM ushbu hujjatlarni talab qilishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda test sinovlari 2-sentabrdan 13-sentabrgacha, hududga kirishda tana harorati 37°C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 17-sentabr kuni o‘tkazildi.

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha javoblar 25-sentabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0