23:20 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Oʻzbekiston hukumati kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy bilan hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishni taklif qildi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda 26 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan “Kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish” mavzusidagi xalqaro videokonferentsiya maʼlum boʻldi.

Konferentsiya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, BMT bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad, BMT bosh kotibi oʻrinbosari Lyu Chjenmin hamda Misr, Qozogʻiston, Peru, Filippin, Janubiy Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlaridan tarkib topdi. 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi kambagʻallikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, shuningdek, ushbu mamlakatning qashshoqlikka qarshi kurashish boʻyicha Xitoyning muvaffaqiyatli tajribasini rolini alohida taʼkidlagan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri va BMT vakillari global pandemiya natijasida 70-100 millionga yaqin dunyo aholisi oʻta qashshoqlik darajasiga tushib qolishi boyicha tahdidlar mavjud ekanligini taʼkidladilar. Shu munosabat bilan ular kambagallikni qisqartirish, moliyaviy va texnik yordam rolini kuchaytirish yuzasidan strategik sheriklik muhimligi hamda pandemiya sharoitida yanada zarur omilga aylangani qayd etdilar.

Oʻzbekiston tomonidan quyidagilar taklif qilindi:

  • kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish;
  • XXRning kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlarini tashkil etish;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish.

Oʻz navbatida, Xitoy tomoni yordam koʻrsatishga va kambagʻallikni qisqartirish sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida qashshoqlikni tugatish va kambagʻallikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bagʻishlangan global sammit oʻtkazishni taklif etgan edi.

Asosiy mavzular