22:05 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,3 million dollarga teng boʻlgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekistonga xorijdan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi, deb xabar qildi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.

1 sentyabr holatiga koʻra, respublikaga qiymati 5,3 million dollarga teng boʻlgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 million dollar kam sarflangan.

Oʻzbekiston 26 ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori boʻlgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozogʻiston (435,6 ming) va 87 ming dollar bilan Germaniyani koʻrish mumkin.

Respublikada oʻtgan yili qiymati 946,3 mlrd. soʻmlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.

Asosiy mavzular