22:07 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
734 0 0

30 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona voydiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzgidromet bir haftalik ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Bugun Oʻzbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy meʼyorlaridan biroz past boʻlib, 20-25 darajagacha koʻtariladi.

29-30 sentyabrda butun Oʻzbekiston hududi balandlikdagi tsiklon taʼsirida boʻladi. Respublika boʻyicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

29 sentyabrda koʻpchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi.

30 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona voydiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30 sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3 oktyabrda butun mamlakat hududida ob-havoning yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining taʼsiri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha koʻtariladi.

Asosiy mavzular