23:36 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
103 0 0

Pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlar va yopiq chegaralar tufayli uyiga qayta olmagan umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar oʻzbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli uyiga qayta olmagan umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar oʻzbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.

“28 sentyabr soat 7:00 holatiga koʻra (Moskva vaqti bilan soat 6:00) Samara viloyati hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻplanishi yoʻq. Markaziy Osiyo fuqarolarining butun toʻplanish davomida yashash joyiga 13 435 kishi joʻnatildi”, - deya maʼlum qildi RIA Novostiga viloyati hukumati.

Hozirda vaqtincha yashash punktida hech kim qolmagan, Kinel tumanidagi chodirli lager yigʻishtirilgan.

27 sentyabr kuni Samara viloyatidan 750 nafar mamlakat fuqarolari avtobuslarda Oʻzbekistonga olib kelindi. Bunga qadar ularni olib kelish uchun maxsus poyezdlar ham tashkillashtirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlardan poyezd stantsiyalarida toʻplanmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻragan edi.

Asosiy mavzular