18:46 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
18710

Oʻzbekistonda ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan 2990 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oshxonalar tashkil etiladi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. “Umumiy oʻrta taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga 2021-2025 yillarda ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oshxonalarni tashkil etish va jihozlash koʻrsatkichlari ilova qilingan.

Unga koʻra, 4 yil davomida respublika boʻylab ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan 2990 ta maktabda  oshxonalar tashkil etiladi. Shuningdek, oshxonalar  muzlatgich, suv qaynatgich, elektr plita, idish-yuvish vannalari  va boshqalar bilan jihozlanadi. Eng koʻp – Samarqand (714 ta),  Fargʻona (386), Qashqadaryo (370) viloyatlaridagi maktablar.

“Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) umumiy oʻrta taʼlim maktablari oshxonalarida ovqatlantirishni tashkil etish jarayonida oshxonalarda foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Bunda:

oʻquv yili boshlangunga qadar har bir taʼlim muassasalari boʻyicha kommunal xizmatlar uchun cheklangan har oylik koʻrsatkichlar xalq taʼlimi hamda moliya boʻlimlari tomonidan belgilanadi;

cheklangan koʻrsatkichlardan ortiq foydalanilgan kommunal xizmatlari uchun toʻlovlar ijara oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

b) umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oshxonalarni qurish
va taʼmirlash ishlarini olib borgan xususiy tadbirkorlarga uzoq muddatli “nol” stavka bilan ijaraga beriladi”, - deyilgan loyihada.

Asosiy mavzular