12:52 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
479 0 0

Sutka davomida 375 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 55 776 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 375 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 55 776  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 146 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Navoiy  viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 359 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 52 324 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 992 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 460 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Olib kelingan fuqarolar

Umumiy hisobda qariyb 13,5 ming nafar oʻzbekistonliklar Rossiyaning Samara viloyatidan vataniga olib kelindi.

28 sentyabr soat 7:00 holatiga koʻra Samara viloyati hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻplanishi yoʻq. Markaziy Osiyo fuqarolarining butun toʻplanish davomida yashash joyiga 13 435 kishi joʻnatildi. Kinel tumanidagi chodirli lager yigʻishtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 33,3 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 24,6 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,3 mln), Hindistonda (6,0 mln), Braziliyada (4,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular