O‘zbekiston Xitoy bilan birgalikda vaksina ishlab chiqishda ishtirok etadi

© Sputnik / AFK Sistema / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoyning Sinopharm va Zhifei Longcom farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksinaning 3-bosqich sinovlarini birgalikda o‘tkazishga kelishib oldi.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda vaksinalar ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti. 

O‘zbekistonda vaksinalarning so‘nggi uchinchi bosqich sinovini o‘tkazish borasida Xitoyning 2ta kompaniyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.  

"Xitoyning 2ta kompaniyasi vaksinalarini O‘zbekistonga jalb qilish va ularning sinovlarining 3 - bosqichida ishtirok etish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng o‘zimizda ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish masalasi ko‘tariladi, bu esa importning qisqarishiga olib keladi, bundan tashqari biz ularni qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishimiz mumkin bo‘ladi", — dedi Bahodir Yusupaliyev.

Shuningdek, ushbu vaksinalarni birgalikda sinovdan o‘tkazish Rossiya kompaniyalariga ham taklif qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Xitoyning 2t farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zlari ishlab chiqqan vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazishni taklif qilgan edi. O‘zbekiston Innovatsion rivojlantirish vazirligi Sinopharm va Zhifei Longcom bilan dastlabki shartnomalarni imzolagan edi.

Ma’lumot uchun O‘zbekistonning dori yetishtirib beruvchieng yirik kompaniyasi bo‘lgan Laxisam va Rossiya Eksport markazi orasida 2020-2021 yillarda 35 million dona "Sputnik V" vaksinasi yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolanganini xabar qilgan edik. 

 

Yangiliklar lentasi
0