21:58 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
117 0 0

Haydovchilar yonida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi boʻlmasa, transport vositalarini ushlab turish amaliyotini bekor qilindi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. 29 sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi yangi qonun kuchga kirdi.  

Mazkur qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 291-moddasiga, transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibiga oʻzgartish kiritildi.

Qonunga koʻra, haydovchilar yonida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi boʻlmasa, transport vositalarini ushlab turish amaliyotini bekor qilinmoqda. Yaʼni endilikda sugʻurtasi boʻlmagan haydovchi jarima solinadi, uning boshqaruvidagi avtomashina jarima maydoniga olib ketilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, “Mening fikrim” veb-portalida mazkur amaliyotni bekor qilish taklifi berilgan edi va u 10 000dan ortiq ovoz toʻplagan edi.

Senat sugʻurta polisi yonida boʻlmagan haydovchilarning transport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqullagan edi.

Asosiy mavzular