13:28 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
9210

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti birinchilardan boʻlib xorijiy mamlakatlarda oʻz filialini ochgan OTM boʻldi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Oʻzbekistondagi xorijiy mamlakatlarda oʻz filialini tashkil etgan ilk oliy taʼlim muassasasiga aylandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Institut Hindistonning Nyu-Dehli shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan Noida xalqaro universiteti bazasida oʻz filialini tashkil etish boʻyicha memorandum imzoladi. 

Unga binoan 2020-2021 oʻquv yilidan institut professor-oʻqituvchilari MBBS (Tibbiyot va jarrohlik bakalavri) dasturi asosida oʻqishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga oʻz mamlakatlarida taʼlim berishadi. 

Kelishuvga binoan, Noida xalqaro universiteti taʼlim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, oʻquv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish boʻyicha yordam koʻrsatadi. Oʻqishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda oʻtkazishadi. 

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro universiteti hamda "PeopleHive" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan ushbu uch tomonlama memorandum Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining xalqaro jozibadorligini taʼminlashda, taʼlim eksporti orqali institut moddiy barqarorlikni oshirishda hamda xalqaro reytinglarda oʻrin egallashiga asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019 yilda Hindiston fuqarolariga taʼlim berish huquqini beruvchi Tibbiyot kengashi akkreditatsiyasidan oʻtgan edi. Oʻtgan oʻquv yilida 50 ga yaqin Hindiston fuqarolari oʻqishga qabul qilingan.

Asosiy mavzular