18:13 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)
61 0 0

Tashkilot yopiqlik, ayrim masalalar yuzasidan sukut saqlash va noaniqlik vahima, mish-mishlar tarqalishining, axborot makonida feyklar koʻpayishining omillari boʻlib, pirovardida fuqarolarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik ortishiga olib keladi deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati fuqarolarni mamlakatdagi vaziyat haqida ishonchli statistika va xolis axborot bilan taʼminlash muhimligini maʼlum qildi.

Tashkilot COVID-19 infektsiyasi bilan kasallanish va oʻlim holati statistikasi qanchalik ishonchliligi, tahlil natijalarini qanchalik tez olish imkoni borligi, koronavirusga qarshi kurash boʻyicha maxsus shtab tarkibiga qaysi shaxslar kiritilgani borasida qator savollar bilan tegishli idoralarga murojaat qilgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati masʼul idoralar rahbarlarini quyidagilarga chaqiradi: 

  • Respublika maxsus komissiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda COVID-19 tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisida fuqarolarni toʻliq va xolis axborot bilan taʼminlab borish, xususan, koronavirus infektsiyasi tarqalishining aniq koʻrsatkichlari va oʻchoqlari, uyda davolanayotgan odamlar, vafot etganlar soni koʻrsatilgan kunlik batafsil hisobotlarni eʼlon qilib borish;
  • COVID-19 yuqishi natijasida kelib chiqqan pnevmoniya holatlarini va koronavirus infektsiyasini yaxlit statistik maʼlumotlar koʻrinishida birlashtirish, shu jumladan pnevmoniyani yuqtirgan va uning oqibatida vafot etganlar sonini taqdim etish;
  • Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha shtab aʼzolarining toʻliq roʻyxatini jamoatchilikka taqdim etish;
  • Fuqarolarni epidemiologik vaziyat haqida xabardor qilishga qaratilgan brifing va matbuot anjumanlarida vazirlik va idoralar rahbariyati darajasidagi vakolatli shaxslar, Respublika maxsus komissiyasi aʼzolarining ishtirok etishini taʼminlash.

Tashkilot yopiqlik, ayrim masalalar yuzasidan sukut saqlash va noaniqlik vahima, mish-mishlar tarqalishining, axborot makonida feyklar koʻpayishining omillari boʻlib, pirovardida fuqarolarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik ortishiga olib keladi deb hisoblaydi. Davlat rahbari koronavirus infektsiyasi bilan zararlanishning haqiqiy holati boʻyicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida barcha hokim va rahbarlarni ogohlantirgan. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy choralarga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan.

Taʼkidlanishicha, ishonchli, xolis, oʻz vaqtida berilgan maʼlumotlar fuqarolarga asosli qarorlar qabul qilishga, oʻzlari va boshqalarning sogʻligʻini himoya qilish uchun masʼuliyat bilan yondashishga imkon beradi.  

“Pandemiya butun dunyoda toʻliq bartaraf etilmas ekan, xotirjamlikka berilib boʻlmaydi. Barcha yurtdoshlarimizni xushyorlikka, juda ehtiyotkorlik bilan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirib qolamiz”, - deyilgan murojaat soʻngida.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Oʻzbekistonda jami 56 252 koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 52 859 nafari tuzalib ketgan. 465 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)

Asosiy mavzular