22:10 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
48520

Andijonda tugʻilgan Gʻulom Yakubov sharafiga Minskning Lenin tumanida joylashgan koʻchalardan biri nomlandi. U Belarusdagi janglarda qahramonlik koʻrsatgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Ulugʻ Vatan urushi ishtirokchisi va Sovet Ittifoqi qahramoni Gʻulom Yakubov sharafiga Minskning Lenin tumanida joylashgan koʻchalardan biri nomlandi. Bu haqda ushbu tashabbusni ilgari surgan Oʻzbek harbiy tarixiy jamiyati maʼlum qildi.

Gʻulom Yakubov 1915 yili 15 mayda Oʻzbekistonda Mirzaobod qishlogʻida dunyoga kelgan. Oltinchi sinfni bitirgan. Sovet-fin (1939-140 yillar) hamda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

1942 yilda frontga kelgan, 1944 yoziga kelib avtomatchilar rotasiga qoʻmondonlik qilgan.

“1944 yili 23 iyun kuni Belarus hujum amaliyoti boshlandi. Mogilevshinada Ludchitsa qishlogʻi yaqinidagi 150,9 m balandligi muhim ahamiyatga ega edi. 1944 yil 24 iyunga oʻtar kechasi avtomatchilar rotasi kapitani Yakubov uchta dushman handaqlaridan kechib, balandlikni egalladi”, - deyilgan xabarda.

Geroy Sovetskogo Soyuza Gulyam Yakubov

Nemis dushmanlari jangchilarni qurshab olgan. Kapitan Yakubov uning oʻrtoqlari pistirmaga tushib qolganini koʻrib, mudofaani tashkillashtirib rahbarlik qilgan. Jang qariyb 20 soat davom etgan, kuchlar teng boʻlmagan, ammo sovet askarlari dushmanning barcha 40 ta hujumini qaytarishga muvaffaq boʻlgan.

Biroq Yakubovning oʻzi jangda halok boʻlgan.

1945 yil 24 martda kapitan Gʻulom Yakubovga vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Shuningdek, u Lenin, Qizil Bayroq, Vatan urushi (ikkinchi darajali), Qizil Yulduz ordanlari va medallari bilan taqdirlangan.

Yakubovning byusti Asaka va Andijonda oʻrnatilgan, uning sharafiga Asaka, Bixovdagi koʻchalar hamda Asakadagi 24-maktab nomlangan.

Asosiy mavzular