06:56 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
172 0 0

Yil yakuniga qadar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatda bayon etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi masʼuliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. Bunda: Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan “Ishga marhamat” monomarkazlariga oʻquv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga, xorijiy tillarga oʻqitish, ichki va tashqi mehnat bozorida bandlikka koʻmaklashish, kasbiy malakani baholash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvargacha mehnat organlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish rejalashtirilgan.

“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:

a) jamoat ishlarida, shuningdek bandlikni taʼminlash boʻyicha subsidiya ajratilishida shaffoflikni taʼminlash, suisteʼmolliklarni oldini olish maqsadida jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va subsidiya olayongan fuqarolarning biometrik avtorizatsiya va GPS-trekking tizimlarini joriy etish;  

b) mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar
va xotin-qizlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan ular bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish asosida ijtimoiy, psixologik va boshqa sinab koʻrish usullaridan foydalangan holda har bir shaxsning sogʻligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini oʻrganib, kasb-hunarga moyilligini aniqlash, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash, mehnat jamoasida ishlash koʻnikmalariga oʻrgatish, mehnat faolligini oshirishga ragʻbatlantirish maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish;

psixolog mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

Asosiy mavzular