23:28 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

2020 yilning 8 oyida respublika boʻyicha 525 280 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga koʻp.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Joriy yilning avgust oyida Oʻzbekiston boʻyicha 83 925  ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Respublika boʻyicha eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning 8 oyida respublika boʻyicha 525 280 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga koʻp.

Oʻtgan 8 oy mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan tirik tugʻilishlar soni boʻyicha Samarqand – 63 573 ta, Fargʻona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori oʻrinni egallagan.

Taʼkidlanishicha, 1897 yilda Oʻzbekiston hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan boʻlib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq avgust oyida respublika boʻyicha eng koʻp nikoh 5035 ta qayd bilan Fargʻona viloyatida kuzatilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular