13:03 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
967 0 0

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Alshteyn kuzda immunitetni mustahkamlash choralarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Alshteyn RT ga bergan intervyusida kuzda immunitetni mustahkamlash choralarini sanab oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, birinchi navbatda, oddiy epidemiyaga qarshi choralarga rioya qilish kerak, masalan ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish va antiseptiklardan foydalanish.

Bundan tashqari, shifokor D vitaminini ichishni tavsiya qildi. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, u koronavirusga chidamlilikni oshirishi mumkin.

Virusolog taʼkidlashicha, kuzda ayniqsa chiniqish, muvozanatli ovqatlanish, uyqu va spirtli ichimliklardan voz kechish foydali boʻladi.

"Bular odam oʻzini yaxshi xis etishi va infektsiyaga qarshi turishlari uchun asosiy usullardir. Toʻgʻri turmush tarzi va epidemiyaga qarshi choralarga rioya qilish nafaqat koronavirusga, balki boshqa nafas olish viruslariga qarshi ham yordam beradi", - deb  xulosa qildi mutaxassis.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)

Asosiy mavzular