Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bayram ilk bor davlat rahbari ishtirokida o‘tapti. Yana bir e’tiborli jihati, bu yilgi tabrik ham avvalgilardan farq qilib, murojaat tarzida bo‘lmoqda.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bayram ilk bor davlat rahbari ishtirokida o‘tapti. Yana bir e’tiborli jihati, bu yilgi tabrik ham avvalgilardan farq qilib, murojaat tarzida bo‘lmoqda.

“Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev tadbirga yig‘ilgan o‘qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan.

O‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, xalqning ozodligi va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidladi.

“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak”, - dedi prezident. -

Bayram tadbirida o‘qituvchi va murabbiylar, olimlar, parlament va hukumat vakillari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0