TikTokda "shumaxerlik" qilgan haydovchi jarimaga tortildi

© Foto : kai StachowiakAvtomobilniy spidometr
Avtomobilniy spidometr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TikTokda avtomobilni katta tezlikda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Toshkent shahar ko‘chalarida avtomobilni katta tezlikda haydab ushbu jarayonni videoga olgan va uni TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan "shumaxer" haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat raqami 01 K 550 XA bo‘lgan “Tracker” rusumli avtomobil haydovchisi – 20 yoshli Ismoilov Dilshod Usmon o‘g‘li Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida avariyaviy holatni yuzaga keltirgani sababli, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jarimaga tortildi. Uning avtomobili jarima maydonchasiga joylandi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek ushbu haydovchi tomonidan 2019 va 2020-yillarda jami 16ta huquqbuzarlik sodir etilgan va ularning 4tasini jarimasi to‘lanmagani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda ushbu haydovchi shahar ko‘chalarida o‘z avtomobilini katta tezlikda, o‘ta xavfli ravishda boshqargani aks etgan videolavha tarqalgan edi. Keyinchalik u Toshkent viloyati tumanlardan birining hokimining o‘g‘li ekani ma’lum bo‘lgan edi. 

© InstagramDilshod Ismoilov
TikTokda shumaxerlik qilgan haydovchi jarimaga tortildi - Sputnik O‘zbekiston
Dilshod Ismoilov
Yangiliklar lentasi
0