Oktabr boshida kasallanganlar soni 57 mingga yaqinlashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya medrabotnikov ot COVID-19 v Moskve
Vaksinatsiya  medrabotnikov ot COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 172 kishini tashkil qildi. Ulardan aksariyati - 115 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bugun 1-oktabr soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda kasallanganlar soni 56997 kishini tashkil qildi. SSV matbuot xizmati xabariga asosan.  

So‘nggi sutka davomida aniqlangan kasallar soni 172 kishini tashkil qildi. Ulardan: 

  • 115 nafari Toshkent shahrida,
  • 26 nafari Namangan viloyatida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

Yana 1 nafari Toshkentda profilaktika maqsadida namuna olingan fuqarolar orasida 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugungi kun hisobida O‘zbekistonda COVID-19 ga chalinib, keyin tuzalib ktegan bemorlar soni 53457 kishini tashkil qilmoqda. bu jami kasallanganlarning 94 %ini tashkil qiladi. 

Ayni damda 3069 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 563 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0