21:26 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
234 0 0

PZR test natijalari boʻlmagan taqdirda yoki koronavirusning klinik alomatlar mavjud boʻlganda Qirgʻiziston hududiga kirish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Qirgʻiziston hukumatining qaroriga koʻra, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga soʻnggi 72 soat ichida oʻtkazilgan koronavirus infektsiyasi yoʻqligini koʻrsatuvchi PZR testi natijalari taqdim etilgandan soʻng Qirgʻizistonga uchadigan samolyot bortiga chiqishga ruxsat etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Qirgʻiziston chegarasini avtomashinalarni oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtishda soʻnggi 120 soat ichida oʻtkazilgan COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijalarini taqdim etishi shart.

Tegishli test natijasining talab qilingan muddati obʼyektiv sabablarga koʻra tugagan taqdirda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar borgan joyida PZR testidan oʻtishi kerak boʻladi. PZR test natijalari boʻlmagan taqdirda yoki koronavirusning klinik alomatlar mavjud boʻlganda Qirgʻiziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Vazirlik Qirgʻizistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga buni inobatga olishni tavsiya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 1 oktyabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temir yoʻl va avtoyoʻl qatnovlarini tiklaydi. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” Toshkent va Bishkek oʻrtasidagi parvozlar sonini koʻpaytiradi. Oʻzbekiston fuqarolarining Qirgʻiziston hududiga kirishiga 1 sentyabrdan boshlab ruxsat berilgan edi.

Asosiy mavzular