09:16 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
58420

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, oʻzini oʻzi davolash koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi sanaladi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Oʻzini oʻzi davolash koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi sanaladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infektsiyalar mikrobiologiyasi boʻlimi boshligʻi Viktor Zuyev NSN efirida maʼlum qildi.

“Agar mazangiz qochsa yoki poliklinikaga bora olmasangiz, shifokorni chaqiring va uning soʻzlariga quloq soling. Hech qachon oʻzini oʻzi davolash bilan shugʻulllanmang. Bu bemor kishi uchun katta xato”, - dedi Zuyev.

Mutaxassis koronavirusning asosiy alomati hid bilish qobiliyati yoʻqolishi ekanini taʼkidladi, ammo bu gripp va OʻRVIdan darak ham berishi mumkin.

Oʻz navbatida, virusolog Anatoliy Alshteyn koronavirusning yengil shaklida dori-darmon va oʻzini oʻzi yakkalash imkoniyati boʻlganda uyda davolanish mumkinligini qayd etdi. Biroq koronavirus va grippni farqlash uchun test topshirish zarur. Buning uchun uyga shifokorni chaqirib, kerakli tahlillarni topshirish talab etiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
Teglar:
vaktsina, Rossiya, koronavirus

Asosiy mavzular