21:31 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
154 0 0

Moskvada ish beruvchilarga xodimlarining 30%ini majburiy tartibda masofaviy ishlashga oʻtkazish belgilandi.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Moskva shahri hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar 5 oktyabrdan xodimlarining 30%ini masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazishi kerak. Bu haqida shahar meri Sergey Sobyaninning farmoni eʼlon qilindi.

Undan tashqari Moskva korxonalari yoshi 65dan katta boʻlgan va surunkali kasalliklarga ega boʻlgan xodimlarni ham masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazishi kerak. 

Bunday tartib poytaxtdagi epidmiologik vaziyat bilan bogʻliqdir. Bir necha kun oldin shahar meri tomonidan eʼlon qilingan xodimlarni masofaviy ishlashga oʻtkazishi haqidagi tavsiyanomaga koʻpchillik quloq solmagan edi.

- Biz tavsiyanomalarimiz metro va yer usti transportida odamlar sonini kamaytiaradi deb umid qilgan edik, lekin afsuski bunday boʻlmadi. Bir qator korxonalar bizning maslahatga quloq solishdi, lekin jamoat transportida odamlar sonini kamayishi kuzatilmadi. Endi ish beruvchilar majburiy tartibda ayrim xodimlarni masofaviy ishlashga oʻtkazishi kerak boʻladi", - dedi Sergey Sobyanin.

© Sputnik / Vladimir Pesnya

Faqat tibbiyot muassasalari, mudofaa korxonalari, Roskosmos, Rosatom va boshqa strategik muassasalar odatiy tartibda ishlashda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi sutka davomida Moskvada 2424 kishida koronavirus aniqlangan. Epidemiya boshlangan vaqtdan buyon 295 025 kishi zararlangan. 

Rossiyada Moskva eng koʻp aholi zararlangan hudud boʻlib qolmoqda. Ikkinchi oʻrinda Moskva viloyati - 73 832 kishi. Sankt-Peterburgda — 43 306 kishi.

 

 


Reklama

Asosiy mavzular