23:39 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
167 0 0

Surxondaryo prokuraturasi tez vaqtda yaroqsiz holga kelib qolgan koʻprik ustidan qayta tekshiruv boshladi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi qurilganidan 1 yilu 7 oy oʻtib yaroqsiz holga kelib qologan koʻprik ishi boʻyicha tekshiruv oʻtkaza boshladi.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda, mahalliy aholi yaqinda qurilgan koʻprik yaroqsiz holga kelib qolgani va tez yordam va boshqa transport qishloqqa yetib borish uchun 20 km uzoq masofadan aylanib kelayotganini xabar qilgan edi.

Prokuratura tomonidan aniqlanishicha, Qumqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi, davlat ahamiyatidagi
4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 metr boʻlgan “Polvontosh” selgasi ustidagi koʻprikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga choʻkishi va ustki plitalari qulashi natijasida koʻprik yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Surxondaryo viloyatavtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi mutaxassilari aniqlashiga koʻra pudratchi korxona “Surxon qurulish nazorat oʻlchov” MCHJ tomonidan ushbu koʻprik qurilish jarayonida 34 mln. soʻmlik ishlar bajarilmagan. 

Ushbu holat yuzasidan Termiz transport prokuraturasi tomonidan oldinroq tekshirish oʻtkazish boshlangan, lekin pandemiya vaqtida kiritilgan cheklovlar tufayli 18.06.2020 kuni jinoyat ishi bekor qilingan edi. 

Ushbu qaror 29.09.2020 yilda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Obrusheniye mosta v Surxandarinskoy oblasti
Daryo.uz
Obrusheniye mosta v Surxandarinskoy oblasti

Asosiy mavzular