Zulfiqor Musoqov va 109 xodim “O‘zbekfilm” ustidan shikoyat qilmoqda

Obuna bo‘lish
Zulfiqor Musoqov prezident nomiga yozilgan arizasidan so‘ng "O‘zbekkino" unga nisbatan fitna uyushtirishga harakat qilganini xabar qildi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejisser va ssenarist Zulfiqor Musoqov “O‘zbekfilm” prezident nomiga xat yo‘lladi. Unda rejisser ushbu davlat agentligida so‘nggi yillarda to‘planib qolgan muammolar haqida gapirgan.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekfilm" kinostudiyasiga yangi direktor tayinlandi

Taniqli kino arbobining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbek kino san’ati biznesga aylantirilmoqda. Sa’atdan tajribali, qobiliyatli xodimlar chetlatilmoqda, ularning o‘rniga sohadan uzoq kishilar tayinlanmoqda, kino san’ati uchun ajratilgan mablag‘lar boshqa yoki muhim bo‘lmagan maqsadlarda sarflanmoqda. Natijada kino sohasiga jiddiy zarar yetkazilmoqda. 

Undan tashqari, rejisserning prezident nomiga murojaatidan so‘ng uni “O‘zbekkino”ga taklif qilib unga qarshi fitna uyushtirishga harakat qilingan.

O‘zbekkino agentligi ushbu murojaatlarni rasman rad etib, shikoyatlar tashkilot "rahbariyatiga bosim o‘tkazish maqsadida" amalga oshirilmoqda, deyishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha oy oldin "O‘zbekfilm" va O‘zbekmultfilm DUK studiyasi xodimlari hamda bir qator boshqa kinoijodkorlar, jami 109 kishi aniq faktlar asosida Bosh vazir nomiga  mavjud muammolar sanab o‘tilgan xat bilan murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov mashhur "Abdullajon", "Bomba", "Kichkina tabib", "Vatan", "Otam betob", "Berlin-Oqqo‘rg‘on" filmlari rejisseri va yana o‘nlab filmlar ssenariy muallifidir. 

Yangiliklar lentasi
0