Nukusda shifokorlar Kanada standartlari bo‘yicha o‘qitiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishStudentka na zanyatii v meditsinskom universitete
Studentka na zanyatii v meditsinskom universitete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanada Xalqaro qirollik kolleji O‘zbekiston tibbiyot OTMlari o‘qitish dasturini akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan yakunlanadigan amaliy ishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bazasida Kanda standarti bo‘yicha o‘qitish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqida Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi habar qilmoqda. 

Ushbu loyiha Milliy palata ko‘magida hamda Kanadaning Royal College Canada International shiuv muassasi yordamida amalga oshiriladi. 

Uch tomon ishtirokidagi onlayn forum davomida Kanada Xalqaro qirollik kolleji O‘zbekiston bilan O‘zbekiston tibbiyot OTMi va o‘qitish dasturini akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan yakunlanadigan amaliy ishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bu esa shifokorlarga Kanadada va Kanada ta’limi tan olingan mamlakatlarda ishlash imkonini beradi, deyilgan xabarda.

2019 yil oxirida Milliy palata va Kanadaning Xalqaro qirollik kolleji tomonidan O‘zbekistonda tibbiyot sohasi mutaxassislarini Kanada standarti bo‘yicha o‘qitish imkoniyatlarini yaratish maqsadida o‘zaro anglashuv  Memorandumi imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0