18:10 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
37410

Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovning insoniy fazilatlari, fidoyiligi va rahbarlik qobiliyatini hisobga olib, uning nomzodiga oʻz roziligini bildirdi.

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 8-chi sessiyasi boshlandi.

Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan

Tadbirda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishni Joʻqorgʻi Kenges Raisining oʻrinbosari Atabek Davletov ochdi. Sessiyaning kotibiyati saylanib, kun tartibi tasdiqlandi, Oqsoqollar kengashi va Hisob-sanoq komissiyasi tarkibi tuzildi.

Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan

Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq, Joʻqorgʻi Kenges Raisi lavozimiga Kamalov Murat Qallibekovich nomzodi tavsiya etildi.

Prezident hozirgi murakkab paytda rahbar boʻlish oson emasligini, Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish boʻyicha boshlangan ishlar 2-3 karra koʻpaytirib davom ettirilishini taʼkidladi.

Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Deputatы taynыm golosovaniyem izbrali Murata Kamalova na doljnost Predsedatelya Jokargы Kenesa Respubliki Karakalpakstan
- Murat Kamalovni koʻp yillardan beri taniyman, - dedi Prezident. - U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda ishlagan boʻlmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yashaganiga guvohman. Eng asosiysi shu. Boshqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovning insoniy fazilatlari, fidoyiligi va rahbarlik qobiliyatini hisobga olib, uning nomzodiga oʻz roziligini bildirdi.

Joʻqorgʻi Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari soʻzga chiqib, nomzodni qoʻllab-quvvatladi. Yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Asosiy mavzular