13:33 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
147 0 0

Rossiyalik mehmon shifokorlar ikki hafta davomida Oʻzbekiston shifoxonalarida tajriba almashishdan soʻng vataniga qaytib ketishdi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Oʻzbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlar belgilangan vazifalarini yakunlab vataniga qaytib ketishdi. 

Mehmonlarni kuzatish tadbiri davomida delegatsiya rahbari Konstantin Pokrovskiy va anesteziolog-reanimatolog shifokor Irina Machulinaga “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Rossiyalik shifokorlar Oʻzbekistonda qisqa vaqt ichida koronavirusg qarshi kurash uchun barcha sharoitlar yaratilgani va tibbiyot tizimi qayta koʻrib chiqilganini qayd etib bunga yuqori baho berishdi. 

Eslatib oʻtamiz, 35 nafar  Rossiyalik epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infektsionist, rentgenolog, terapevt, xirurg, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralari 18 sentyabr kuni Oʻzbekistonga kelgan edi. Ikki hafta davomida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida boʻlib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashdilar.

 

Asosiy mavzular