O‘zbekistonda koronavirus: 2-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 356 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 646 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rossiyskie vrachi vernulis na rodinu posle 2x nedel prebivaniya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik shifokorlar missiyasi yakunlandi

Bir sutka davomida 356 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 646  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 156 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 383 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 54 338 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 834 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 474 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rossiyalik shifokorlar o‘z missiyasini yakunladi

Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimlari ikki hafta davomida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, respublika shifokorlari bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdilar.

Probirka - Sputnik O‘zbekiston
Bir sutkada 465 kishida koronavirus qayd etildi

Rossiyalik shifokorlar o‘z missiyasi yakunladi. Kuzatishga bag‘ishlangan tadbir davomida delegatsiya rahbari Konstantin Pokrovskiy va anesteziolog-reanimatolog shifokor Irina Machulinaga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 34,4 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 25,6 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,5 mln), Hindistonda (6,3 mln), Braziliyada (4,8 mln).

Yangiliklar lentasi
0